Isadore Singer
Isadore Singer | |
---|---|
Tavalludi |
3-may 1924-yil Detroit, Michigan, AQSh |
Vafoti |
11-fevral 2021-yil (96 yoshda) |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | Massachusetts texnologiya instituti, California universiteti, Berkeley, California universiteti, Los Angeles |
Akademik rahbarlari | Irving Segal |
Mashhur shogirdlari |
Richard Bishop Andrew Browder David Gregory Ebin Dan Freed Conan Nai-Chung Leung John Lott Hugo Rossi Linda Linda Rothschild Gerald Schwarz Nancy Stanton |
Mashhur ishlari | Atiyah–Singer indeks teoremasi |
Mukofotlari |
Bôcher Memorial mukofoti (1969) Milliy fan medali (1983) Wigner medali (1988) Steele mukofoti (2000) Abel mukofoti (2004) |
Turmush oʻrtogʻi | Rosemary Singer (1956) |
Isadore Singer (talaffuzi: Izador Zinger) (1924-yil 3-may — 2021-yil 11-fevral) — amerikalik matematik. Singer 1962-yilda Michael Atiyah bilan hamkorlikda Atiyah-Singer indeks teoremasini isbotlab, shuhrat qozongan. Ikki olim bu ishlari uchun 2004-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[1].
Singer avval Michigan universitetida, keyin Chicago universitetida tahsil olgan. Soʻnggra Berkeleydagi California universitetida, keyinchalik Massachusetts texnologiya institutida ishlagan[2][3][4]. 1980-yillarda Shiing-Shen Chern va Calvin Moore bilan Matematika fanlari tadqiqot institutiga (inglizcha: Mathematical Sciences Research Institute, MSRI) asos solgan[5][6].
Singer 2000-yil Steele mukofoti bilan taqdirlangan. Olim AQSh Milliy fanlar akademiyasining, Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining hamda Amerika matematika jamiyatining toʻliq aʼzosidir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Devlin, Keith „Abel Prize Awarded: The Mathematicians' Nobel“. Devlin's Angle. Mathematical Association of America (april, 2004-yil). 2012-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Isadore Singer“ (en). math.mit.edu. Department of Mathematics, MIT. Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
- ↑ „Isadore M. Singer | Department of Mathematics at University of California Berkeley“ (en). math.berkeley.edu. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
- ↑ „Singer biography“. www-history.mcs.st-andrews.ac.uk. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
- ↑ MSRI „Mathematical Sciences Research Institute“. www.msri.org. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
- ↑ „Shiing-Shen Chern“ (en). Institute for Advanced Study. Qaraldi: 20-aprel, 2018-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]