Gellar (etnik guruh)
Qiyofa
Gellar, gaellar, goydellar, xaylenderlar — Shim.-Gʻarbiy Shotlandiyaning togʻli rayonlari va Gebrid o.larida yashovchi shotlandlarning etnik guruhi. G. qad. kelt qabilalariga mansub boʻlib qadimda Irlandiyaga koʻchib kelib, mahalliy aholi bilan aralashib irland elatini shakllanishiga asos solgan (qarang Irlandlar). G.ning bir qismi (skottlar) 5—6-asrlarda Shotlandiyaga koʻchib, pikta qabilalar guruhi bilan birlashib shotland elatini shakllanishida ishtirok etgan (qarang Shotlandlar). Umumiy soni 80 ming kishidan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Gel tilida soʻzlashadi (ingliz tilini ham bilishadi). Dindorlari — katoliklar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |