Fusajirō Yamauchi
Fusajirō Yamauchi | |
---|---|
山内 房治郎 | |
Tavalludi |
22-noyabr 1859-yil |
Vafoti |
1-yanvar 1940-yil (80 yoshda) Kioto, Yaponiya |
Fuqaroligi | Yaponiya fuqarosi |
Kasbi | hunarmand, Nintendo kompaniyasining asoschisi |
Fusajirō Yamauchi (yaponcha:山内 房治郎[1][2]) – yaponiyalik tadbirkor, Nintendo kompaniyasining asoschisi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fusajirō 1868-yil 22-noyabrda dunyoga kelgan. U hunarmand Sôsuke Fukuining toʻngʻich oʻgʻli edi[3]. Otasi sement ishlab chiqaruvchi Xaygan nomli kompaniya egasining qizlaridan biriga uylangan va Yamauchi familiyasini meros qilib olgan. Yamauchi oilasida merosxoʻr oʻgʻil farzand boʻlmagani sababli 1885-yilda 17 yoshli Fusajirō kompaniyani meros qilib olgan va uning nomini Haikyo deb oʻzgartirgan[3].
Yamauchi Fusajirô Shôten yohud Yamauchi Nintendo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meydzi islohoti natijasida 1885-yilda qimor oʻyinlari toʻgʻrisidagi qonunlar qayta koʻrib chiqilgan va Xanafuda kartalari ishlab chiqarish va sotishga ruxsat beril[4]. Kiotoda koʻplab sement sotadigan doʻkonlar tarmogʻini yoʻlga qoʻygandan soʻng Fusajirō Xanafuda kartalari sotish koʻpayib ketgani va ushbu oʻyinga oʻzi ham qiziqishi hisobiga hunarmand sifatidagi oʻz mahoratidan foydalanib Xanafuda kartalari ishlab chiqaruvchi korxonaga asos soldi[3].
1889-yil 23-sentyabrda Fusajirō Yamauchi oʻzi sotib olgan eski va hech kim yashamaydigan uyda Yamauchi Fusajirô Shôten yoki boshqacha nom bilan aytganda Yamauchi Nintendoga asos solgan[5]. Fusajirō Xanafuda kartalarini tut poʻstlogʻi, loy va oʻzi yaratgan yogʻoch blokli bosma mashinasi yordamida ishlab chiqara boshlagan[6]. Nintendo tomonidan sotilgan oʻyin kartalari unga tushurilgan Napoleon tasviri tufayli taniqli boʻlgan va bir necha yil ichida juda katta muvaffaqiyatga erishgan[5][7][8].
Shaxsiy maʼlumotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻgʻil farzandi boʻlmagan Fusajirō 1905-yilda Nintendoda asrning boshida ish boshlagan xodim Sekiryo Kanedani oʻz kuyovi qilgan va ikki qizidan biri Teini unga nikohlab bergan[9]. Keyingi 10 yil davomida Sekiryo Nintendo va Haikyo kompaniyalarini qaynotasi bilan birgalikda, 1929-yilda Fusajirō isteʼfoga chiqqanidan soʻng esa oʻzi yakka boshqara boshlagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nintendo Founder Fusajiro Yamauchi Launches a WorldWide Game Sensation“ (en). Lifewire. Qaraldi: 2024-yil 2-iyul.
- ↑ „Fusajiro Yamauchi“. www.nndb.com. Qaraldi: 2024-yil 2-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Gorges, Florent; Gorges, Florent. 1889-1980, des cartes à jouer aux Game & Watch, Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Troisième édition, nouvelle édition améliorée et augmentée, L'histoire de Nintendo / Florent Gorges ; avec la collaboration d'Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Châtillon: Omaké books, 2017 — 15-bet. ISBN 978-2-919603-40-4.
- ↑ Gorges, Florent; Gorges, Florent. 1889-1980, des cartes à jouer aux Game & Watch, Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Troisième édition, nouvelle édition améliorée et augmentée, L'histoire de Nintendo / Florent Gorges ; avec la collaboration d'Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Châtillon: Omaké books, 2017 — 14-bet. ISBN 978-2-919603-40-4.
- ↑ 5,0 5,1 Gorges, Florent; Gorges, Florent. 1889-1980, des cartes à jouer aux Game & Watch, Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Troisième édition, nouvelle édition améliorée et augmentée, L'histoire de Nintendo / Florent Gorges ; avec la collaboration d'Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Châtillon: Omaké books, 2017 — 16-bet. ISBN 978-2-919603-40-4.
- ↑ Sheff, David. Game over: how Nintendo conquered the world, 1st, New York: Vintage Books, 1994. ISBN 978-0-679-73622-6.
- ↑ Gorges, Florent; Gorges, Florent. 1889-1980, des cartes à jouer aux Game & Watch, Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Troisième édition, nouvelle édition améliorée et augmentée, L'histoire de Nintendo / Florent Gorges ; avec la collaboration d'Isao Yamazaki, Erik Voskuil, Fabrice Heilig, Châtillon: Omaké books, 2017 — 18-bet. ISBN 978-2-919603-40-4.
- ↑ Sheff, David. Game Over, Press Start to Continue: How Nintendo Conquered the World (en). United States of America: Cyberactive Media Group Inc/Game pr, 1 April 1999 — 15-bet. ISBN 9780966961706.
- ↑ Firestone, Mary. Nintendo: the company and its founders, Technology pioneers. Edina, Minn: ABDO Pub. Co, 2011 — 18-bet. ISBN 978-1-61714-809-5.