Kontent qismiga oʻtish

Fosfatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fosfatlar — fosfat kislota tuzlari va efirlari. Ortofosfat va polimer (yoki kondensatlangan) fosfatlarga boʻlinadi. Kondensatlangan fosfatlar tetraedrik [RO4]3~ guruxlarning oʻzaro birlashish usuliga koʻra polifosfatlar, metafosfatlar va ultrafosfatga boʻlinadi. Polifosfatlar — RO3— O—RO,— zanjirlardan iborat [RO4]3~ guruhlardan tuzil gan (zanjirlarda 105 gacha fosfat atomlari boʻlishi mumkin). Metafosfatlarda [RO4]3~ tetraedrlar berk xalqalar hosil qiladi. Ultrafosfatlar tarmoklangan zanjir va halqalardan tuzilgan. Ultrafosfatlar tarkibida Me,O:R2O5 nisbati 0>1 dan kichik boʻladi. Ult rafosfatlar suvda kam eriydi. Ular suvda gidrolizlanib turli meta va polifosfatlar hosil qiladi. Ortofosfatlar — ortofosfat kislota (N3RO4) tuzlari. Ular bir almashingan [mas, KN2RO4, Sa(N2RO4)2 va boshqa], ikki almashingan [mas, (NH4)2 NRO4, NH4NaHPO4 va boshqa] va uch almashingan [mas, Sa3(RO4)2, NH4MgPO4 va boshqa] ortofosfatlarga boʻlinadi. Fosfatlar tarkibidagi [RO4R~ anion xam tetraedrik tuzilishga ega. Nordon ortofosfatlar qizdirilganida qizdirish sharoitiga qarab halqasimon metafosfatlar yoki zanjirsimon polifosfatlar hosil boʻlishi mumkin. Normal (oʻrta) ortofosfatlar (Me’,RO4) qizdirilganida oʻzgarmaydi, lekin kation termik beqaror boʻlsa, parchalanib uchuvchan mahsulotlar ajralib chiqishi mumkin. Bir almashingan ortofosfatlar suvda eriydi. Ikki va uch almashingan ortofosfatlardan faqat ishqoriy metallar hamda ammoniy ortofosfatlari suvdagi eritmalarda gidrolizlanadi. Masalan, NaH2PO4, Na2HPO4 va Na3PO4 larning 1%li eritmalarida rN 4, 6, 8, 9 va 12,1 ga teng. Bi, Sn, Ti, Zr, Hf, Th lardan boshqa metallarning ortofosfatlari kuchli kislotalarda eriydi. Suvda eruvchan ortofosfatlar hosil qilish uchun metallarning gidroksid yoki karbonatlari eritmasiga tegishli miqsorda N3RO4 qoʻshiladi.

Kaltsiy va ammoniy ortofosfatlar fosforli oʻgʻitlar, emallar, boʻgʻiq shishalar ishlab chiqarishda, farmatsevtika sanoatida, olovbardosh materiallar tayyorlashda qoʻllanadi. Kaltsiy va ammoniyning kristall holdagi, bir almashingan ortofosfatlari juda qimmatli segneto va pyezoelektrik materiallardir.

Tuzilishi turlicha polimer fosfatlarni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: chiziqli polifosfatlar Mep+2 R„O3l+1> qalqali polifosfatlar Mep RpO3p. Bu yerda p — polimerlanish darajasi. Polimer fosfatlarning xossalari kation tabiatiga, fosfatanionning tuzilishi, polimerlanish darajasi, fosfat strukturasi va boshqalarga bogʻliq. Siklik metafosfatlar ichida trimeta, tetrameta, geksameta va oktametafosfatlar koʻproq oʻrganilgan.

Fosfat kislota efirlaridan bir, ikki va uch almashingan ortofosfatlar mavjud. Ular ROS13 ga spirt taʼsir ettirib olinadi. Pestitsidlar, ekstragentlar va boshqa sifatida qoʻllanadi. Baʼzi organik fosfatlar (nuklein kislotalar, adenozintrifosfat kislotalar) tirik organizmlarda muhim funksiyalarni bajaradi.

Saidahrol Toʻxtayev.