Biologik suzgich
Qiyofa
Biologik suzgich, biologik filtr—oqindi suvlar (mas; korxonalardan chiqadigan iflos suvlar)ni biologik jihatdan (mikroorganizmlar vositasida) tozalash uchun moʻljallangan inshoot: ichiga yirik suzuvchi (filtrlovchi) material (shlak, shagal, keramzit va boshqalar) toʻldirilgan qoʻsh tubli idish. Oqindi suv suzuvchi material orqali oʻtib, uning sirtida suv tarkibidagi organik moddalarni yemiruvchi mikroorganizmlardan iborat parda hosil qiladi. Oqindi suvlardagi mexanik zarralar (tosh, qum, metall parchalari) idish tubiga choʻkib qolaveradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |