Basappa Danappa Jatti
B. D. Jatti | |
---|---|
Hindiston prezidenti | |
Mansab davri 11-fevral, 1977 – 25-iyul, 1977 | |
Bosh vazir |
Indira Gandi Morarji Desai |
Oʻtmishdoshi | Faxruddin Ali Ahmad |
Vorisi | Neelam Sanjiva Reddy |
5-Hindiston Vitse-prezidenti | |
Mansab davri 31-avgust, 1974 – 30-avgust, 1979 | |
Oʻtmishdoshi | Gopal Swarup Pathak |
Vorisi | Mohammad Hidayatullah |
Odishaning 9-gubernatori | |
Mansab davri 8-noyabr, 1972 – 20-avgust, 1974 | |
Oʻtmishdoshi | Gatikrishna Mishra |
Vorisi | Gatikrishna Mishra |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Basappa Danappa Jatti 10-sentyabr 1912-yil Savalagi, Jamakhandi, Bombay prezidentligi, Britaniya Hindistoni Karnataka, Hindiston |
Vafoti |
7-iyun 2002-yil (89 yoshda) Bangalor, Karnataka, Hindiston |
Siyosiy partiyasi | Hindiston milliy kongressi |
Alma mater | Rajaram kolleji |
Kasbi | siyosatchi |
Basappa Danappa Jatti (1912-yil 10-sentyabr – 2002-yil 7-iyun)[1] – Hindistonning beshinchi vitse-prezidenti, 1974-yildan 1979-yilga qadar ushbu lavozimda faoliyat olib borgan. 1977-yilning 11-fevralidan 25-iyuligacha Hindiston prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. Jatti, shuningdek, Karnataka bosh vaziri boʻlib faoliyat yuritgan[2]. Deyarli oʻn yillik siyosiy faoliyati davomida munitsipalitet aʼzoligidan Hindistonning ikkinchi eng yuqori idorasiga koʻtarilgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jatti 1912-yil 10-sentyabrda hozirgi Karnataka shtatida joylashgan Bijapur tumani Savalgi kichik shaharchasida kannada tilida soʻzlashuvchi lingayat oilasida tugʻilgan[3]. Otasi Dasappa Jatti, onasi esa Sangamma boʻlgan. Jatti Jamxandi oʻrta maktabda tahsil olgan. Rajaram kollejida sanʼat yoʻnalishida bakalavr, Kolhapurdagi Sykes yuridik kollejida huquqshunoslik darajasini olgan[4]. Jatti Jamxandi shtat qonun chiqaruvchi organida vazir, keyinchalik bosh vazir lavozimlarida faoliyat yuritgan[5][6].
Faoliyat yuritgan davlat idoralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1945–1948-yillar – Jamxandida taʼlim vaziri;
- 1948-yil – Jamxandi bosh vaziri (devon);
- 1948–1952 – Mumbay shahridagi BG Kher hukumatida parlament kotibi;
- 1953–1956 – Mumbaydagi Morarji Desay hukumatida sogʻliqni saqlash va mehnat vaziri oʻrinbosari;
- 1958–1962 – Maysor shtati bosh vaziri;
- 1962–1968 – Maysor hukumati Vazirlar mahkamasi vaziri;
- 1968–1972 – Pondicherry leytenant gubernatori;
- 1972–1974 – Odisha gubernatori;
- 1974–1979 – Hindiston vitse-prezidenti;
- 1977-yilda olti oy davomida prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib xizmat qilgan[7].
Shaxsiy hayoti va oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Basappa Danappa Jattining nevarasi Dhruv Jatti Hindiston Milliy Kongressi partiyasining vakili va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan notijorat tashkilot hisoblangan Hindiston Talabalar Jamiyatining asoschisi hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „B.D. Jatti | Chief Minister of Karnataka | Personalities“ (en-US). Karnataka.com (2013-yil 8-may). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
- ↑ Special Correspondent. „B.D. Jatti birth centenary on Monday“. The Hindu (2012-yil 8-sentyabr).
- ↑ Basava Samiti. „.::basavasamithi.in::.“ (2013-yil 9-may). 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ "Shri B.D. Jatti". Orissa Reference Annual 2004: 174. https://magazines.odisha.gov.in/orissaannualreference/ORA-2004/pdf/biodata_governer_orissa.pdf. Qaraldi: 7 May 2022.Basappa Danappa Jatti]]
- ↑ „About Shri B.D. Jatti“. Basava Samiti (2013-yil 3-iyun). 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
- ↑ "Shri B.D. Jatti". Orissa Reference Annual 2004: 174. https://magazines.odisha.gov.in/orissaannualreference/ORA-2004/pdf/biodata_governer_orissa.pdf. Qaraldi: 7 May 2022.Basappa Danappa Jatti]]
- ↑ „Former vice presidents bio-profiles“. Vice President of India. 2009-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan.