Bahrayn davlat madhiyasi
Bahrayn davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Mohamed Sudqi Ayyash, 1985 |
---|---|
Bastakor | Mubarak Najm Al-Najm |
Qabul qilindi | 1971 |
Bahrainona (arabcha:bḥrynnạ; „Bizning Bahraynimiz“; nsẖyd ạlbḭryn ạlwṭny Našīd al-Baḥrayn al-waṭanī) — Bahrayn milliy madhiyasi. Dastlab madhiya 1942-yilda instrumental kuy sifatida yaratilgan boʻlib, 1985-yilda qoʻshiq soʻzlari qoʻshilgan va 2002-yilda mamlakat amirlikdan qirollikka aylantirilgandan soʻng bir qancha oʻzgartirishlar kiritilgan[1].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madhiya dastlab 1942-yilda ziyofatlarda va bir qancha shu kabi rasmiy tadbirlarda ijro etilishi uchun yaratilgan va bu orqali Bahrayn milliy madhiyani qabul qilgan birinchi arab davlatlaridan biriga aylangan. Politsiya guruhining rahbarlari keyingi yillarda musiqaga koʻplab oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritdilar, eng muhimi 1972-yilda, Bahrayn Buyuk Britaniyadan mustaqil boʻlganidan bir yil oʻtgach kirtilgan oʻzgartirishlar hisoblanadi. Oʻzgartirishlardan soʻng 1972-yilgi tadbirda madhiya ikki marta ijro etilgan.
1985-yilda politsiya guruhining sobiq rahbari, polkovnik Muhammad Sudqiy Ayyash madhiya uchun qoʻshiq soʻzlarini yozgan, matn 2002-yilgacha ishlatilgan. Oʻsha yili Milliy Harakat Xartiyasining paydo boʻlishi va konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish referendumi bilan mamlakat hukmdori Hamad ibn Iso Al Khalifah tomonidan madhiyaga yangi oʻzgartirishlar kiritilishi eʼlon qilingan. Madhiya matnidagi Xalifa podshoh va mamlakat shohlik kabi bir qancha soʻzlar Qirollik saroyi vaziri Khalid bin Ahmed Al Khalifa tomonidan oʻzgartirildi. Guruh rahbari general-mayor Mubarak Najm Al-Najm harbiy orkestr tarkibiga, jumladan, yakuniga tegishli tuzatishlar kiritdi. Orkestr versiyasi esa bahraynlik bastakor Ahmed Al-Jumairi tomonidan aranjirovka qilingan va Londondagi London Filarmonik orkestri bilan birgalikda yozilgan.
Matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]arabcha asl[2] | Arabchani lotinlashtirish | IPA transkripsiyasi | Ingliz tilidan soʻzma-soʻz tarjima |
---|---|---|---|
بحريننا |
Baḥraynunā |
{{IPA|[bɑħ.ræj.nu.næː] |
Our Bahrain |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Madhiyaning qabul qilinishi“. http://www.szbszig.atw.hu. Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.
- ↑ „تعديل كلمات السلام الملكي وتعديل علم البحرين في 14 فبراير 2002 | أرشيف أخبار وتقارير ومعلومات من الانتخابات النيابية والبلدية في البحرين“. Al-Wasat Newspaper. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bahrain: Bahrainona — Audio of the national anthem of Bahrain, with information and lyrics (archive link)
- Himnuszok — "Himnuszok" veb-saytida taqdim etilgan Madhiyaning vokal versiyasi.