Kontent qismiga oʻtish

Bosh Sahifa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Har kim hissa qoʻsha oladigan erkin ensiklopediya boʻlmish

Vikipediyaga xush kelibsiz!

Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 293 354
2025-yil 7-iyun, shanba

Fan
Matematika
Fizika

Adabiyot
Geografiya
Astronomiya

Tarix
Texnologiya
Boshqa portallar

Tanlangan maqola
Chempionat logotipi
Chempionat logotipi

Yevro-2016 (inglizcha: 2016 UEFA European Football Championship yoki EURO 2016) – Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2016-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqada Ispaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Biroq Italiya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtgan final bahsida Portugaliya terma jamoasi Fransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan. (Davomi...)

Yaxshi maqola
Daniya operatsiyasi rejasi
Daniya operatsiyasi rejasi

Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940, nemischa: Die Besetzung von Dänemark ) — Uchinchi reyxning Daniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan. Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlari Kopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlgan Olborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan. (Davomi...)

Xushsifat maqola

Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov (1933-yil 23-noyabr, Namangan shahri, O‘zbekiston SSR, SSSR – 2018-yil 27-aprel, Toshkent, O‘zbekiston) – sovet va oʻzbek matematik olimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor (1969-yil), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademigi (1974-yil). Oʻzbekistonda differensial tenglamalar sohasidagi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari. „Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti“ laureati (1974). 1974-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan. Mahmud Salohiddinov 1958–1959-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi, 1980–1986, 1993–1996-yillarda differensial tenglamalar kafedrasi mudiri,1959–1967-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 1959–1985-yillarda direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 1984–1985-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, keyinchalik 1988–1994-yillarda akademiya prezidenti, 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va 1994–1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari boʻlimi raisi lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga asosan „Oʻzbekiston fan arbobi“ faxriy unvoni, „O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i“, „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“, „Buyuk xizmatlari uchun“, „Fidokorona xizmatlari uchun“, „Mehnat shuhrati“ va „Hurmat Belgisi“ ordenlari bilan taqdirlangan. (Davomi...)