Mayor
Mayor (lotincha: major — yirik, katta) — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa davlat armiyalaridagi katta zobitlik unvoni. Mayor unvoni Rossiyada 1689—1731 va 1798—1884-yillarda, keyinchalik SSSR da (jumladan, Rossiyada) 1935-yildan mavjud boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida Mayor unvoni 1992-yil 3-iyulda joriy etilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |